locale OZ

Messi: «Jamoa­doshlarim bilan birga muvaffaqiyatni nishonlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman»

Lionel mundialdagi gollari soni 18 taga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi: «Jamoa­doshlarim bilan birga muvaffaqiyatni nishonlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
22.06.2026, Yak.
Argentina
2
Avstriya
0

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Avstriyaga qarshi (2:0) kechgan uchrashuv haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Avvalo, men bu g‘alabadan juda xursandman. U o‘ta muhim edi va og‘ir, qizg‘in kurashda qo‘lga kiritildi. Endi kelajakka xotirjamroq qarashimiz mumkin.

Bu jahon chempionatida barcha o‘yinlar teng, keskin kurashlar ostida o‘tmoqda. Men bu lahzadan zavqlanyapman va jamoa­doshlarim bilan birga muvaffaqiyatni nishonlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman», — deya Messining so‘zlarini keltiradi Argentina terma jamoasining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti.

2-turdan so‘ng Argentina terma jamoasi olti ochko jamg‘arib, J guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Avstriya milliy terma jamoasi uch ochko jamg‘arib, ikkinchi pog‘onada joylashgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting