locale OZ

Messi Avstriya bilan o‘yinda penalti bo‘yicha JCHning ikkita rekordini o‘rnatdi

U 17-golini urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi Avstriya bilan o‘yinda penalti bo‘yicha JCHning ikkita rekordini o‘rnatdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
22.06.2026, Yak.
Argentina
2
Avstriya
0

2026 yilgi jahon chempionati J guruhi 2-turi doirasida Argentina va Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

To‘qqizinchi daqiqada argentinalik hujumchi Lionel Messi penaltini amalga oshira olmadi — shu tariqa, futbolchi jahon chempionatlarida «nuqtadan» berilgan zarbalar soni (7 ta) va golga aylanganmagan zarbalar soni (3 ta) bo‘yicha rekordchi bo‘ldi.

1-turdan so‘ng Argentina terma jamoasi uch ochko jamg‘arib, J guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Avstriya milliy terma jamoasi ham uch ochkoga ega va to‘plar nisbatiga ko‘ra argentinaliklardan ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
3-turda Argentina terma jamoasi Iordaniya (28 iyun) bilan, Avstriya esa Jazoir (28 iyun) bilan kuch sinashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting