locale OZ

Transfer. Azizxon Isaqov «Buxoro» jamoasi futbolchisi

Ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirish va sog’lom raqobatni shakllantirish maqsadida “Buxoro” jamoasi ilk transferni amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Transfer. Azizxon Isaqov «Buxoro» jamoasi futbolchisi
photo: Buxoro fk

Ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirish va sog’lom raqobatni shakllantirish maqsadida “Buxoro” jamoasi ilk transferni amalga oshirdi.

Mavsumning birinchi qismini “Qo’qon-1912” jamoasida o’tkazgan iqtidorli darvozabon Azizxon Isaqov endilikda buxoroliklar sharafini himoya qiladi!

Ma’lumot uchun Azizxon Isaqov
23-dekabr 2000-yilda tavallud topgan. “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida “Paxtakor”, “Surxon”, “Qo’qon-1912” kabi klublar darvozasini qo’riqlagan. Klublar miqyosida jami 72 uchrashuv o’tkazib, 25 ta o’yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

“Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Azizxon Isaqovning iqtidori va mahorati yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoaning g‘alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildiradi”,-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting