locale OZ

Transfer. Abdug‘afur Haydarov – «Dinamo» futbolchisi

Haydarov o‘tgan ikki mavsum «Surxon» safida 38 o‘yinda 15ta gol, «Qo‘qon-1912» tarkibida esa 16 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan.
Abdug‘afur Haydarov – «Dinamo» futbolchisi
photo: Dinamo fk

Abdug‘afur Haydarov – «Dinamo» futbolchisi

Superliga transfer oynasining so‘nggi kunida «Dinamo» jamoasi hujum chizig‘iga yangi futbolchini taklif etdi.

«Surxon» klubi va O‘zbekiston yoshlar jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan, 2024 yilda PFL tomonidan «Superligada yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi» deb topilgan Abdug‘afur Haydarov «Dinamo» PFK bilan shartnoma imzoladi. Joriy mavsum Pro ligada «Olimpik-Mobiuz» sharafini himoya qilib, hozirgacha 11 o‘yinda 5ta golga mualliflik qilgan 21 yoshli hujumchi erkin agent sifatida «Dinamo»ga o‘tdi va jamoamiz sharafini 2026 yil yakuniga qadar himoya qiladi. Haydarov 11 avgust kuni tarkibga qo‘shiladi.

Haydarov o‘tgan ikki mavsum «Surxon» safida 38 o‘yinda 15ta gol, «Qo‘qon-1912» tarkibida esa 16 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting