\"Torino\" Vanolini iste'foga chiqardi
Turin klubi mavsumni 11-o'rinda yakunladi
Photo: Getty Images
"Torino" klubi bosh murabbiyi Paolo Vanoli jamoani tark etadi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Klub o'tgan mavsumda "Torino" 44 ochko bilan chempionatni 11-o'rinda yakunladi. Yakunda Vanoli va rahbariyat amaldagi shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
“Torino” klubi Vanolining o'rniga bir nechta murabbiylarni kuzatmoqda. Xususan, Maurizio Sarri, Marko Baroni va Jennaro Gattuzo bor.