locale OZ

Ter Shtegen “Galatasaroy” taklifini rad etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen “Galatasaroy” taklifini rad etdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen “Galatasaroy”ning taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda NTvspor.net nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, har ikki tomon vakillari Istanbulda uchrashgan va u yerda turk klubi 33 yoshli posbonga o'z taklifini bildirgan.

Qayd etilishicha, “Galatasaroy”ning taklifi ter Shtegenga yoqmagan, shuning uchun u Turkiya Superligasiga o'tishdan bosh tortgan. Germaniyalik golkiper “Barselona”da o'ynashni davom ettirmoqchi.

Ma'lumot uchun, ter Shtegen o'tgan mavsum barcha turnirlarda 9 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting