locale OZ

Ter Shtegen “Galatasaroy” bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen “Galatasaroy” bilan kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen “Galatasaroy” bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, agar “ko'k-anorranglilar” darvozabon uchun katta summa talab qilmasa, 33 yoshli futbolchining transferi ayni damda yakunlanishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Barselona” ter Shtegen bilan xayrlashishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Klub posbonning ba'zi bir xatti-harakatlaridan so'ng shunday qarorga kelgan.

Jumladan, golkiper jamoa qaydnomasiga kiritilmagidan so'ng “Inter”ga qarshi o'yin uchun Milanga borishdan bosh tortgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting