locale OZ

Ter Shtegen “Barselona” rahbariyatidan hafa bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen “Barselona” rahbariyatidan hafa bo'ldi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen OAV'da “ko'k-anorranglilar” uning jamoani tark etishini xohlayotgani haqidagi xabarlardan norozi bo'ldi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, germaniyalik posbon bu ma'lumotlar “Barselona” tashabbusi bilan paydo bo'lgan deb hisoblamoqda. Shu sabab ter Shtegen ispan grandining ushbu xatti-harakatlaridan ranjigan.

Qayd etilishicha, 33 yoshli golkiper “Barselona”ni tark etmoqchi emas. U jarohatidan to'liq forig' bo'lganini his qilmoqda asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, avvalroq kataloniyaliklar ter Shtegenning jarohatidan tuzalganidan keyin o'zini tutishi sabab u bilan xayrlashmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Jumladan, nemis darvozaboni Chempionlar Ligasi yarim finalida “Inter”ga (4:3) qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritilmagani tufayli jamoa bilan Milanga uchishdan bosh tortgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting