\"Surxon\" ikki nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Photo: Surkhan PFK
Termizning "Surxon" klubi ikki markaziy yarim himoyachisi bilan xayrlashdi. Rossiyalik futbolchi Dmitriy Kratkov "Surxon"ni erkin agent sifatida tark etsa, MuhammadYusuf Mirqodirov mavsum oxirigacha "Andijon" jamoasiga ijaraga berildi.
Kratkov "Surxon" safida 10 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi. Mirqodirov esa 7 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Avvalroq jamoani Jahongir Abdusalomov, Kirill Kolesnichenko, Dmitriy Kratkov, Dmitriy Pletnyov, Sunnatilloh Hamidjonov, MuhammadYusuf Mirqodirov, Artyom Potapov, Abdug‘afur Haydarovlar tark etgandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor