Suprliga. Markaziy bahsda Paxtakor Nasaf bilan durang o'ynadi
Superliga 10-turning markaziy bahsidan o'rin olgan Paxtakor hamda Nasaf uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Paxtakor ikki bor hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, g‘alabani saqlab qololmadi. E’tiborlisi, mezbonlarning 90+2-daqiqada penaltidan kiritgan ikkinchi to‘piga qarshiliklar 90+3-daqiqada 10 kishi bo‘lib javob berishdi.
Paxtakor ochkolarini 25 taga yetkazib, 1-o‘rinni egallab turibdi. Ammo 2-pog‘onadagi Neftchi (24) ushbu turda g‘alaba qozonsa, peshqadamga aylanadi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi esa 13 ochko bilan 9-pog‘onaga joylashgan.
Superliga. 10-tur
Paxtakor — Nasaf 2:2
28 aprel, «Paxtakor» stadioni
Gollar: Hojiakbar Alijonov (42), Flamarion (90+2, penalti) — Sardor Bahromov (56), Bobur Abduxoliqov (90+3).
Paxtakor — Sanjar Quvvatov, Zaid Tahsin (Muhammadqodir Hamraliyev, 78), Hojiakbar Alijonov, Akmal Mozgovoy, Doston Hamdamov (Oybek Bozorov, 67), Bashar Resan (Hojimat Erkinov, 60), Abdurauf Bo‘riyev (Ibrohim Ibragimov, 60), Sardor Sobirxo‘jayev, Sherzod Nasrullayev (Dilshod Saitov, 67), Flamarion, Muhammadrasul Abdumajidov.
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Sardor Bahromov, Zafarmurod Abdurahmatov, Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov (Dilshod Murtozayev, 80), Oybek Rustamov, Murod Rahmatov (Diyor Abdunazarov, 46), Yashnar Berdirahmonov (Yusuf Otubanjo, 46), Quvonch Xushvaqtov, Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: G‘olib G‘aybullayev (32), Quvonch Xushvaqtov (45+2), Bobur Abduxoliqov (90+4).
Chetlatish: Quvonch Xushvaqtov (90).