Superliganing 3-turi doirasida AGMK va Qizilqum o‘rtasidagi o‘yin yakunlari
28 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:45da Olmaliqning "AGMK" hamda Zarafshonning "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi. O‘yin Samarqanddagi "Dinamo" stadionida bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘limning 12-daqiqasida "Qizilqum" darvozasiga Islom To‘xtaxo‘jayev gol kiritdi. Uchrashuvning 31-daqiqasida hakam "AGMK" foydasiga penalti belgiladi, biroq jamoa uni amalga oshira olmadi. 40-daqiqada Elguja Lobjanidze javob golini urib, hisobni 1:1 ga tenglashtirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limda olmaliqliklar muvaffaqiyatliroq o‘yin ko‘rsatdi. 51-daqiqada Giorgiy Papava hisobni oshirdi, 75-daqiqada esa Nodirbek Abdurazzoqov ikki to‘p farqi bilan olmaliqliklarning g‘alabasini ta’minladi.
Uchrashuvning yakuniy hisobi 3:1 "AGMK" foydasiga yakunlandi. Shu tariqa, klub turnir jadvalining birinchi pog‘onasini egalladi. "Qizilqum" esa o‘ninchi o‘rinda qolmoqda.
O‘zbekiston Superligasi. Uchinchi tur:
AGMK - Qizilqum - 3:1
Gollar: To‘xtaxo‘jayev 12, Papava 51, Abdurazzoqov 75 - Lobjanidze 40