locale OZ

Superligada 9-tur bahslari yakuniga yetadi

Xorazm, Navoiy va Toshkentda o‘yinlar bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superligada 9-tur bahslari yakuniga yetadi
Фото: UzPFL

Bugun, 24 aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchta bahs o‘tkaziladi.

Unda Farg‘onaning «Neftchi» klubi safarda «Xorazm» mehmoni bo‘lishadi.
Shuningdek, soat 19:00 da Navoiyda «Qizilqum» hamda «Qo‘qon-1912» jamoalari o‘rtasidagi bellashuvga ham start beriladi.

Turning so‘nggi bahsi Toshkentda kechadi. «Bunyodkor» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qiladi. Mazkur bahs soat 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Bugungi o‘yinlar jadvali:
19:00 — «Xorazm» — «Neftchi»
19:00 — «Qizilqum» — «Qo‘qon-1912»
20:15 — «Bunyodkor» — «Andijon»

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting