Superliga. «Surxon» Termizda OKMK bilan durang o‘ynadi
Termiz klubi futbolchisi 83-daqiqada maydonni tark etdi.
Фото: Сурхон ПФК
Superliganing 29-turida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK safarda "Surxon" klubi bilan to‘qnash kelib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 83-daqiqasida "Surxon" futbolchisi Nodirbek Abduxoliqov qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Qolgan vaqt davomida olmaliqliklar son jihatidan ustunligidan foydalanib, gol ura olmadi.
Ma'lumot o‘rnida, olmaliqliklar ochkolar sonini 45 taga yetkazib olib, "Bunyodkor" bilan farqni 1 tagacha qisqartirdi. "Surxon" esa 32 ochkoga ega bo‘lib, 10-o‘rinda qoldi.
Superliga. 29-tur
“Surxon” 0:0 OKMK
Chetlatish: Nodirbek Abduxoliqov 83
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist