locale OZ

Superliga. \"Surxon\" safarda OKMKni mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Surxon" safarda OKMKni mag'lub etdi
Photo: Surkhan PFK

Oʻzbekiston chempionatining 14-turining soʻnggi bahsida OKMK klubi oʻz maydonida “Surxon”ni qabul qildi.

Olmaliqdagi oʻyinda termizliklar kichik hisobda gʻalaba qozondi. Yagona gol 58-daqiqada Asilbek Jumaev hisobiga yozildi. Bu vaziyatda “Surxon” futbolchisi Pletnyov “rabona” uslubida mukammal uzatmani amalga oshirdi.

Natiajada termizliklar ochkolari sonini 17 taga yetkazdi. OKMK esa 24 ochko bilan 6-oʻrinda qoldi.

Superliga. 14-tur

OKMK 0:1 “Surxon”

Gol: Asilbek Jumaev 58.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting