locale OZ

Superliga. «Surxon» oʻz maydonida «Sho‘rtan»ni minimal hisobda magʻlub etdi

Oʻzbekiston chempionatining 28-tur oʻyinlari yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Surxon» oʻz maydonida «Sho‘rtan»ni minimal hisobda magʻlub etdi
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
10.11.2025, Yak.
Surxon
1
Sho'rtan G'uzor
0

Oʻzbekiston Superligasi 28-turidan oʻrin olgan soʻnggi bahsda «Surxon» oʻz maydonida «Sho‘rtan»ni qabul qilib, minimal hisobda gʻalaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 82-daqiqada Sarvar Abduxamidov tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, «Surxon» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 31 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Sho‘rtan» esa 15 ochko bilan soʻnggi 16-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga. 28-tur

«Surxon» — «Sho‘rtan» 1:0

Gol: Abduxamidov (82).

Surxon — Dilshod Yo‘ldoshev, Behruz Karimov, Nodirxon Ne’matxonov, Jamaldin Xodjaniyazov, Behzod Shamsiyev, Rustam Turdimurodov, Nodir Abdixoliqov, Muhammad-Ali Abdurahmonov (Sarvar Abduhamidov, 62), Javohir Jo‘rayev, Asadbek Karimov (Asilbek Jumayev, 62), Sunnatilla Poyonov.

Sho‘rtan — Shohruh Eshbo‘tayev, Ulug‘bek Xudayberdiyev, Abubakr Rizo Turdialiyev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Jasurbek Hakimov, 74), Abror Toshqo‘ziyev, Sardor Sadullayev, Doniyor Narzullayev (Bekzod Suvonov, 74), Bekjon Rahmatov, Azizbek Pirmuhammadov, Islomjon Kenjaboyev (Muhammadaziz Ibrohimov, 80), Diyorbek Asomiddinov.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting