Superliga. «Surxon» oʻz maydonida «Andijon»ni yirik hisobda magʻlub etdi
Oʻzbekiston Superligasi 26-turidan oʻrin olgan bahsda «Surxon» va «Andijon» oʻzaro to'qnash keldi. Yakunda mezbonlar yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Rustam Turdimurodov, Behruz Karimov (dubl) va Javohir Jo‘rayevlar mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Surxon» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 28 taga yetkazib, turnir jadvalida 11-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Andijon» esa shuncha ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Oʻzbekiston Superligasi. 26-tur
«Surxon» — «Andinon» 4:0
Gollar: Turdimurodov (11), Karimov (21, 42), Joʻrayev (52).
Surxon — Dilshod Yo‘ldoshev, Behruz Karimov (Doston Tursunov, 83), Nodirxon Ne’matxonov, Jamaldin Xodjaniyazov, Behzod Shamsiyev, Rustam Turdimurodov, Nodir Abdixoliqov, Muhammad-Ali Abdurahmonov (Kamron Yusupov, 62), Javohir Jo‘rayev (Asadbek Karimov, 62), Asilbek Jumayev, Sunnatilla Poyonov.
Andijon — Erjan Tokotayev, Sunnatulloh Hamidjonov, Ismoil Akinade, Shahzod Azmiddinov (Asadbek Xabibullayev, 46), Saidumarxon Saidnurullayev (Shohjahon Yorqinboyev, 64), Sardorbek Azimov (Abdulvohid Gʻulomov, 46), Damir Temirov (Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 46), Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak, Bektemir Abdumannonov (Doniyor Abdumannopov, 46).