Superliga. OKMK Toshkentda «Paxtakor»dan ustun kelib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Photo: UzPFL
O‘zbekiston chempionati 17-tur uchrashuvlari boshlandi. Toshkentda "Paxtakor" klubi OKMKni qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yinda dastlab Ruben Sanches 17-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Igor Sergeev hisobni tenglashtirdi. 81-daqiqada Sanches yana bir bor "sherlar" darvozasini ishg‘ol qilib, olmalikliklarni g‘alaba goliga muallif bo‘ldi.
Bu g‘alabadan so‘ng Mirjalol Qosimov shogirdlari ochkolari sonini 33 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. "Paxtakor" esa 29 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.
Superliga. 17-tur
"Paxtakor" 1:2 OKMK
Gollar: Ruben Sanches, 17 (0:1), Igor Sergeev, 47 (1:1), Ruben Sanches, 81 (1:2)
Bahrom Bobonov
Redaktor