locale OZ

Superliga. OKMK - “So'g'diyona” uchrashuvi uchun PREVYU

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. OKMK - “So'g'diyona” uchrashuvi uchun PREVYU
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
20.04.2025, Yak.
ОКМК
3
So'g'diyona
2

Bugun O'zbekiston Superligasining 6-turidan o'rin olgan bahsda OKMK o'z maydonida “So'g'diyona”ni qabul qiladi.

OKMK Superliganing 5-turidan so'ng 12 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. “So'g'diyona” esa 4 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi.

Hozirga qadar jamoalar o'zaro 32 bor to'qnash kelgan. Ularning 13 tasida olmaliqliklar g'alaba qozongan bo'lsa, 10 tasida jizzaxliklarning qo'li baland kelgan. 9 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.

To'plar nisbati esa 53:43, OKMK foydasiga.

Tomonlar o'rtasidagi so'nggi beshta o'yinning to'rttasida OKMK g'alaba qozongan, bitta bahsda esa durang natija qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, OKMK - “So'g'diyona” o'rtasidagi bellashuv bugun, 20-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting