Superliga. \"Navbahor\" \"Xorazm\"dan ustun keldi
Photo: FCNAVBAHOR
O‘zbekiston chempionatining 9-turida “Navbahor” Namanganda “Xorazm”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida Zabihillo Orinboevning penaltidan kiritgan goli evaziga “Navbahor” uch ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Sergey Lushan jamoasi ochkolarini 14 taga yetkazib, 6-o‘ringa chiqib oldi. “Xorazm” esa 8 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.
Superliga. 9-tur
“Navbahor” 1:0 “Xorazm”
Gol: Zabihillo Orinboev (50, penalti).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist