Superliga. «Navbahor» Toshkentda «Surxon» ustidan g'alaba qozondi
Superliga 7-turida “Navbahor” Toshkentda “Surxon”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Olimpiya” o‘yingohida kechgan bellashuvda “lochinlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Aleks Fernandes va Vanya Ilich hisobiga yozildi.
Natijada Temur Kapadze jamoasi ochkolari sonini 15 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Surxon” esa 8 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 7-tur
Navbahor – Surxon 2:0
Gollar: Aleks Fernandes, 26 (1:0), Vanya Ilich, 78 (2:0)
"Navbahor": 1.Utkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islombek Mamatkazin, 6.Shoxrux Abdurahmonov, 7.Ruslanbek Jiyanov, 20.Quvondiq Ro‘ziev, 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich, 28.Kati Katulondi, 34.Giorgi Jgerenaya, 97.Aleks Fernandes.
"Surxon": 86.Davron Merganov, 4.Nodirkhon Ne'matxonov, 5.Jamoliddin Xo‘janiyozov, 6.Bekzod Shamsiyev, 7.Dostonbek Tursunov, 11.Richard Fridai, 17.Sarvar Abduxamidov, 19.Farrujon Qodirov, 21.Tornike Jebniauri, 22.Javohir Jo‘rayev, 26.Behruz Shukrullaev.