locale OZ

Superliga. Navbahor Toshkentda Paxtakor darvozasiga javobsiz ikkita to'p yo'llab g'alaba qozondi

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan bahsda lochinlarToshkentda Paxtakor mehmoni bo‘ldi. 
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. Navbahor Toshkentda Paxtakor darvozasiga javobsiz ikkita to'p yo'llab g'alaba qozondi
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
10.03.2026, Yak.
Paxtakor Toshkent
0
Navbahor Namangan
2

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan bahsda namanganliklar Toshkentda “Paxtakor" mehmoni bo‘ldi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar azaldan prinsipial ahamiyatga ega, keskin kurashlar ostida kechganligi bois, ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori bo‘ldi. Bellashuv kutilganidek, tomoshabop tarzda kechdi.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, noqulay ob-havo, "Paxtakor" stadioni qordan tozalanganligi bois, uchrashuv belgilangan vaqtdan ancha kech boshlandi.

Havo sovuq bo‘lishiga qaramay ushbu bahs shiddatli va keskin kurashlar ostida kechdi. Uchrashuvning 1-bo‘limida garchi har ikki jamoa a’zolarida bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, ayrim holatlarda futbolchilarning zarbalariga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, ba’zi vaziyatlarda darvozabonlar hamda himoyachilar o‘z mahoratlarini namoyish etgan holda, darvozalar daxlsizligini saqlab qolishdi. Natijada jamoalar tanaffusga nursiz durang - 0:0 hisobida chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘limni hujumkor tarzda boshlagan Navbahor 47-daqiqada hisobni ochishdi. O‘sha vaziyatda "lochinlar"ning navbatdagi hujumidan so‘ng, Diyor Xolmatovning zarbasidan keyin to‘pni "Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov qaytardi. Qaytgan koptok esa namanganliklarning kongolik hujumchisi Katulondi Katiga kelib tushdi. U to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi-0:1.

Mazkur goldan so‘ng, o‘yin yanada qiziqarli tus oldi. Maydon egalari muvozanatni tiklash, Timur Kapadze shogirdlari esa hisobdagi farqni oshirish maqsadida, hujumkorlikni kuchaytirishdi. Navbahorning navbatdagi hujumlaridan birida Kamoliddin Tojiyev shogirdlari o‘z jarima maydonchasi yaqinida o‘yin qoidasini buzishdi. Natijada "sherlar" darvozasiga jarima zarbasi belgilandi. Uni Diyor Xolmatov amalga oshirdi. Xolmatovning jarima zarbasidan keyin mezbonlar o‘z jarima maydonchasi ichida Navbahorning gruziyalik himoyachisi Anri Chichinadzega nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Natijada uchrashuv bosh hakami Firdavs Norsafarov "Paxtakor" darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini Ruslanbek Jiyanov aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi — 0:2.

Garchi uchrashuvning qolgan daqiqalarida ham har ikki jamoa a’zolarida bir qator vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi hamda "Navbahor" 30 yillik tanaffusdan so‘ng (1995 yili Toshkentda "Paxtakor" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonilgandi) "Paxtakor"ni Toshkentda mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Mazkur yutuqdan keyin lochinlar ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi.

Superliga. 3-tur
"Paxtakor" – "Navbahor"- 0:2 (0:0)
10 mart. Toshkent. "Paxtakor" stadioni.2100 tomoshabin.
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Sanjar Shoyusupov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Rinat Serazitdinov;
VAR hakami: Akobirxo‘ja Shukurullayev;
AVAR hakami: Kristina Sereda;
Nazoratchi: Bobur Haydarov;
Komissar: Davron Ibrohimov.
Gollar: Katulondi Kati (47), Ruslanbek Jiyanov (65-pen.).
"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 9.Ibrohim Ibragimov, 10.Akmal Mozgovoy, 11.Hojimat Erkinov, 19.Pyotr Pajishek, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Sherzod Nasrullayev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Oybek Bozorov.
Zaxiradagilar: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Shahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 8.Dilshod Saitov, 14.Rustam Turdimurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 50.Flamarion.
"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 7.Ruslanbek Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov, 13.Benjamin Teydi, 22.Umar Adhamzoda, 28.Katulondi Kati, 34.Giorgi Jgerenaya, 44.Anri Chichinadze, 77.Muhammadali Usmonov, 97.Aleks Fernandes.
Zaxiradagilar: 35.Valijon Rahimov, 3.Zafarjon Rahimjonov, 4.Islombek Mamatkazin, 6.Shohruhbek Abdurahmonov, 9.Zabihillo O‘rinboyev, 10.Shohmalik Komilov, 20.Quvondiq Ro‘ziyev, 23.Vanya Ilich, 70.Abbosjon G‘ulomov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting