locale OZ

Superliga. “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor”dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor”dan ustun keldi
Photo: FCNAVBAHOR

O‘zbekiston chempionati 10-turida “Bunyodkor” o‘z maydonida “Navbahor” bilan kuch sinashdi.

Ashortia hisobni ochdi. Tanaffusga qadar mehmonlar safida Jianov muvozanatni tikladi.

Tanaffusdan so‘ng “Navbahor” futbolchilari yana ikki marta gol urishdi. Jianov va Komilov gollarga mualliflik qildi. 90+5-daqiqada Luis Kachorri hisobni qisqartirdi, – 2:3.

Bu g‘alabadan so‘ng “Navbahor” ochkolari sonini 17 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Bunyodkor” esa 15 ochko bilan 5-o‘ringa tushdi.

Superliga. 10-tur

“Bunyodkor” 2:3 “Navbahor”

Gollar: Imeda Ashortia, 10 pen (1:0), Ruslanbek Jianov, 19 pen (1:1), Ruslanbek Jianov, 65 (1:2), Shohmalik Komilov, 72 (1:3), Luis Kachorri, 90+5 (2:3)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting