locale OZ

Superliga. \"Mash'al\" 90+3-daqiqada gol urib, \"Bunyodkor\" bilan durang o‘ynadi

Superligada 11-tur o‘yinlari yakunlandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Mash'al" 90+3-daqiqada gol urib, "Bunyodkor" bilan durang o‘ynadi
Photo: Mashal PFK

O‘zbekiston chempionatida 11-tur o‘yinlari yakunlandi.

“Mash'al” G‘uzorda “Bunyodkor” bilan to‘qnash keldi. Bu o‘yin mazkur turga yakun yasab berdi.

O‘yinda 25-daqiqada Nurjahon Muzaffarov avtogol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida esa Sherzod Fayziyev hisobni tenglashtirdi, - 1:1.

Natijada “Bunyodkor” 17 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi. “Mash'al” esa 12 ochko bilan 11-pog‘onaga ko‘tarildi.

Superliga. 11-tur

“Mash'al” 1:1 “Bunyodkor”

Gollar: Nurjahon Muzaffarov, 25 avtogol (0:1), Sherzod Fayziyev, 90+3 (1:1)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting