Superliga. «Lokomotiv» Qo‘qonda «Nasaf»ni mag‘lub etdi
O‘yinda jami 5 ta gol urildi.
Фото: Локомотив ПФК
O‘zbekiston Superligasi
23.04.2026, Yak.
Nasaf Qarshi
2
Lokomotiv Tashkent
3
Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Nasaf” va “Lokomotiv” o‘yini yakuniga yetdi. Qo‘qondagi bellashuvda “temiryo‘lchilar” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab “ajdarlar” hisobni ochdi. Keyinchalik “Lokomotiv” futbolchilari raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qildi. O‘yin so‘nggida Ro‘ziqul Berdiev jamoasi yana bir bor gol urib, hisobdagi farqni qisqartirdi.
Natijada “Lokomotiv” 14 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Nasaf” esa 12 ochko bilan 7-pog‘onaga tushdi.
Superliga. 9-tur
Nasaf – Lokomotiv 2:3
Gollar: Muhitdinov 23 (1:0), Mirzaev 43 (1:1), Abduxoliqov 63 (1:2), Rustamov 73 (1:3), Otubanjo 88 (2:3).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist