locale OZ

Superliga. «Bunyodkor» poytaxtda «Nasaf»ga mag'lub bo'ldi

Qarshiliklar hujumchisi Bobur Abduxoliqov dublga erishdi.
Superliga. «Bunyodkor» poytaxtda «Nasaf»ga mag'lub bo'ldi
photo: Nasaf fk
O‘zbekiston Superligasi
16.07.2026, Yak.
Bunyodkor
1
Nasaf Qarshi
3

O‘zbekiston chempionatida 12-turning dastlabki o‘yinlaridan biri Toshkentda bo‘lib o‘tdi va unda «Nasaf» tezkor to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, «Bunyodkor» ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Qarshiliklar hujumchisi Bobur Abduxoliqov dublga erishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi ochkolarini 17 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Bunyodkor» 19 ochko bilan 5-pog‘onada.

Superliga. 12-tur
Bunyodkor — Nasaf 1:3
16 iyul. Toshkent. «Olimpiya» stadioni
Gollar:
Bilol Toshmirzayev (5) — Bobur Abduxoliqov (15, 61), Yusuf Otubanjo (64).
Bunyodkor — Abdumavlon Abdujalilov, Najmiddin Normurodov, Bobur Yo‘ldoshev, Dmitriy Pletnyov, Matiya Krivokapich (Sardor Rahmonov, 46), Muzaffar Olimjonov, Narimon Ahmadjonov (Samandar Mavlonqulov 60, Sardor Abdunabiyev, 84), Nosir Abdusalomov, Shamsiddin Tursunmuhammadov (Abdulfayz Bobomurodov, 68), Azizbek To‘lqinbekov (Amir To‘raqulov, 68), Bilol Toshmirzayev.
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, Akrom Komilov, G‘olib G‘aybullayev, Adenis Shala (Diyor Abdunazarov, 80), Zafarmurod Abdurahmatov, Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhiddinov, Oybek Rustamov (Sardor Bahromov, 80), Murod Rahmatov, Yusuf Otubanjo, Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Yusuf Otubanjo (57), Muzaffar Olimjonov (77).
Chetlatish: Yusuf Otubanjo (86)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting