locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Superliga. Avgust oyi taqvimi tayyor bo‘ldi

Futbol 04 iyl 2025 da 11:45
Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Superliga. Avgust oyi taqvimi tayyor bo‘ldi
Photo: UzPFL

Kecha — 3 iyul kuni O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichiga qur’a tashlandi. Bugun esa Liga avgust oyi taqvimini ishlab chiqdi.

Avvalroq Superliganing barcha turlari juma, shanba va yakshanba kunlariga moslab chiqilgandi. Biroq CAFA musobaqasining navbatdagi bor FIFA kunlarigacha start olayotgani Liganing avgust oyi uchun rejalarini o‘zgartirib yubordi. Ishonamizki, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan mamlakat sifatida bundan keyin Superligaga bo‘lgan hurmat va e’tibor masalasiga jiddiy e’tibor qaratiladi, shuningdek, kelgusi rejalar tuzishda FIFA nizomlariga qat’iy amal qilish va barcha masalada professional bo‘lishga erishiladi. Liga bu borada o‘z pozitsiyasini Assotsiatsiyaga yetkazdi va albatta CAFA qarorlari Liga tomonidan OFK bilan muhokama qilinadi. 16 klub ishtirok etayotgan musobaqada shu klublar va unda mehnat qilayotganlarning rejalarini ham inobatga olish zarur.

Avgust oyidagi rasmiy uchrashuvlar 29 avgustgacha davom etishi kerak edi. Endilikda 20-tur 23 avgustda yakuniga yetadi va ayrim klublar II davradagi 20 kunlik faollikdan so‘ng taxminan shuncha kunlik tanaffusga chiqadi. 25-26 avgust kunlari esa 8 jamoa O‘zbekiston kubogi yarim finali uchun kurashadi. Taqvim shakllantirishda zarur hollarda Superliga klublari bosh murabbiylariga aloqaga chiqildi va albatta milliy terma jamoa ustozi Timur Kapadze bilan rejalar muhokama qilindi.

Endilikda Liga OFK klublar musobaqasiga qur’a tashlaydigan sanani diqqat bilan kuzatib boradi. "Nasaf" va "Andijon" klublari duch keladigan raqiblar va ularga qarshi safar o‘yinlari bizga kuz fasli taqvimini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting