locale OZ

Superliga. Andijon ilk turda So'g'diyona darvozasini javobsiz 4 marta ishg'ol qildi

Dragan Cheran hamda Po‘latxo‘ja Xoldorxonov uchrashuvda o'z hisobiga gol va assist yozdirib qo'yishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. Andijon ilk turda So'g'diyona darvozasini javobsiz 4 marta ishg'ol qildi
photo: PFL
O‘zbekiston Superligasi
27.02.2026, Yak.
Andijon
4
So'g'diyona
0

Andijonning «Andijon» jamoasi yangi mavsumni o‘z muxlislari qarshisida haqiqiy bayram bilan boshladi. Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubiga qarshi kechgan bahsda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p yo‘llashdi.

O‘yinning 13-daqiqasidayoq Nemanya Chalasan hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakunida Martin Boake farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa «Andijon»ning yangi yulduzi — Dragan Cheran o‘zining debyut o‘yinidayoq gol urib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani zaxiradan tushgan Po‘latxo‘ja Xoldorxonov qo‘ydi — 4:0.

«ANDIJON» – «SO‘G‘DIYONA» — 4:0
27 fevral 2026 yil. Andijon. «Bobur Arena» stadioni.
Gollar: Nemanya Chalasan 13 (1:0), Martin Boake 45 (2:0), Dragan Cheran 54 (3:0), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 84 (4:0).
Hakamlar: A. Shukurullayev, I. Azimov, A. Abdullayev, O. To‘ychiboyev.
VAR: G‘. Jo‘rayev. AVAR: M. Nexochin.
Nazoratchi: V. Serazitdinov. Komissar: D. Xotamqulov.
«ANDIJON»: Rahimjon Davronov, Igor Golban, Aleksandre Andronikashvili, Jamshid Boltaboyev (Damir Temirov, 87), Imeda Ashortia (Humoyunmirzo Iminov, 69), Dragan Cheran (Usmonali Ismonaliyev, 69), Nemanya Chalasan, Islom To‘xtaxo‘jayev, Martin Boake (Sayfiddin Sodiqov, 87), Doniyor Abdumannopov (Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 54), Mahmudjon Mahamadjonov.
Zaxira: E. Adhamov, O. Abdumajidov, I. Yo‘ldoshev, M. Toirov.
«SO‘G‘DIYONA»: Nikola Mirkovich, Zoir Jo‘raboyev, Otabek Ahadov, Suhrob Izzatov, Feysal Mulich, Javohir Qahramonov, Lyupcho Doriyev, Tohirbek To‘xtasinov, Abdulazizxon Abdurashidov (Aleksandr Bolevich, 46), Nodirjon Soyibov (Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 72), Jasurbek Jaloliddinov.
Zaxira: Sh. Isoqov, O. Karimov, K. Karimov, A. Saidov, M. Omonov, O. Nurmatov.
Ogohlantirishlar: Aleksandre Andronikashvili (88), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (88).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting