locale OZ

Superliga-2026. Taqvim rejasi klublar bilan kelishildi - PFL

Yozgi transfer oynasi 22 iyun — 24 iyul sanalari oraligʻiga toʻgʻri keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga-2026. Taqvim rejasi klublar bilan kelishildi - PFL
Фото: UzPFL

25 dekabr kuni Assotsiatsiya milliy terma bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning JCh-2026 uchun rejasini Ligaga taqdim etdi. Endilikda may oyining 5-sanasidan boshlab Superliga uchrashuvlarini oʻtkazish imkoni mavjud emas. Shu tariqa Liga avgust oyidayoq ishlab chiqilgan taʼqvim rejasini oʻzgartirishga majbur boʻldi.

«Biz 24 soat ichida yangi rejani klublarga taqdim etdik va ular belgilangan muddatda yangi taʼqvimga rozilik bildirdi. Milliy jamoa 5 may sanasidan eʼtiboran mahalliy futbolchilar ishtirokida yigʻinga kirishadi va 10, 17, 24 may kunlari Superliganing yetakchi klublariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etadi. Jarayon iyun oyidagi FIFA kunlari hamda Jahon kubogiga ulanib ketadi.

May, iyun, iyul oylari davomida katta tanaffus yuzaga kelayotgani, bu Superliga yaxlitligiga taʼsir koʻrsatayotganligini inobatga olgan holda, may oyining qolgan qismi Oʻzbekiston kubogi bilan davom ettiriladi.

Oʻz navbatida, Liga Osiyo kubogi-2027 yaqinlashib kelayotganligini ham hisobga oldi. Bosh jamoaga nomzod futbolchilarning dekabr oyi davomida qisqa taʼtilga chiqishi va keyinchalik Osiyo kubogi oldidan yigʻinlarga kirishishi dolzarb masala hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, JCh-2026 yakunidan keyinga reja qilinayotgan mavsumning ikkinchi qismi 20 iyul sanasidan davom ettiriladi.

Superliganing soʻnggi turi 3 dekabr sanasiga toʻgʻri keladi. Oʻtish oʻyinlari va Oʻzbekiston kubogining yarim finalida ishtirok etmaydigan klublar shu sanadan keyin tanaffusga yoʻl oladi. Oʻtish oʻyinidan joy olgan jami toʻrt uchrashuv qisqa vaqt ichida tashkil etilishi, ogʻir mavsumdan keyin klublar uchun ehtimoliy raqiblardan kelib chiqadigan lokatsiya bilan bogʻliq muammolarni engillashtirish, futbolchilarning uchrashuvlar oraligʻida tiklanish imkoniyatlarini hisobga olib, markazlashtirilgan holda Toshkentda oʻtkaziladi.

Yozgi transfer oynasi 22 iyun — 24 iyul sanalari oraligʻiga toʻgʻri keladi. Mazkur davrda klub safiga kelib qoʻshilgan yangi futbolchining qaydnomaga kiritilishiga Superliganing 14-turidan eʼtiboran ruxsat beriladi», - deyiladi PFL xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting