Stefano Pioli Ronaldu sabab yozda “An-Nassr”ni tark etadi
FOTO: Getty Images
Saudiyaning “An-Nassr” klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli joriy mavsum oxirida lavozimini tark etadi. Bu haqda La Republica nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis Krishtianu Ronaldu bilan ziddiyatga borayotgani va qoniqarsiz natijalar sabab jamoani tark etadi.
Aytilishicha, Pioli yozda “Roma” boshqaruviga kelishishi mumkin.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, Pioli “An-Nassr” bilan amaldagi shartnomaga ko'ra yiliga 12 million yevro maosh oladi. Bitimda shu yilning iyun oyida shartnomani bekor qilishga ruxsat beruvchi band bor.
Nasrullo Karimov
Jurnalist