locale OZ

Statistika: Ratinho va O‘rozov – aniq uzatmalar soni bo‘yicha Superligada yetakchilar

Sofascore statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra xabar qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Statistika: Ratinho va O‘rozov – aniq uzatmalar soni bo‘yicha Superligada yetakchilar
Фото: Динамо ПФК

Superliga joriy mavsumining o‘tgan davri yakunlariga ko‘ra, “Dinamo”ning ikki futbolchisi aniq uzatmalar soni bo‘yicha chempionatda yetakchilik qilmoqda.

Sofascore statistik portalining ma’lumotlariga ko‘ra, “Dinamo” yarim himoyachisi Ratinho 1228 ta aniq uzatmasi bilan bu borada Superligada eng yaxshi natijani ko‘rsatmoqda.

Braziliyalik legionerdan keyingi 2-o‘rinni esa “Dinamo” himoyachisi Jahongir O‘rozov (1177 ta) egallab turibdi.

Jamoa o‘yin uslubidan kelib chiqqan holda aynan ushbu ikki futbolchi yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, top-10 talikdan jamoamizning yana bir himoyachisi Aleksandr Kucherenko ham joy olgan — u 1100 marta aniq uzatma amalga oshirgan, shuningdek, ukrainalik futbolchining uzatmalar aniqligi 89 foizni tashkil qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting