locale OZ

\"So‘g‘diyona\" Panjshambe va Jorjevich bilan xayrlashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"So‘g‘diyona" Panjshambe va Jorjevich bilan xayrlashdi
Photo: SOGDIANA JIZZAKH

Yozgi transfer oynasida faol bo‘lib turgan “So‘g‘diyona” ikki legioneri bilan xayrlashdi.

Jizzax klubi tojikistonlik 26 yoshli yarim himoyachi Ehsoni Panjshambe va Chernogoriyalik 30 yoshli hujumchi Luka Jorjevich bilan kelishuvni bekor qildi.

“Jamoamizning ikki legioner futbolchisi — Luka Jorjevich va Ehsoni Panjshambe «So‘g‘diyona» futbol klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qilishdi.

Biz har ikkala futbolchiga kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozadi jizzaxliklar matbuot xizmati.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting