«Sog‘diyona» o‘rtoqlik uchrashuvida «Dinamo»dan ustun keldi
Jizzaxda "Sog‘diyona" – "Dinamo" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.
Klubimizning aksariyat o‘yinchilari milliy va yoshlar jamoalarida ekani sababli Vadim Abramov bugun tarkibda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradagi barcha o‘yinchilarga imkoniyat berildi.
Uchrashuvda Shohrux Abdurahmonov hisobni ochgan bo‘lsa, bir daqiqa o‘tib Fraidey muvozanatni tikladi – 1:1.
15-daqiqada esa Akbar Abudrasulov vakillarimizni hisobda oldinga olib chiqdi, bo‘lim yakunida esa mezbonlar hisobni tenglashtirishdi – 2:2.
Ikkinchi bo‘limda esa qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. 53-daqiqada Jasur Jaloliddinovning goli mezbonlarga nazorat bahsida g‘alaba keltirdi - 3:2.
Vakillarimiz Superligadagi tanaffusdan foydalanib, navbatdagi o‘rtoqlik bahsini 13 oktyabr kuni Samarqandda "Mash'al"ga qarshi o‘tkazadi.
O‘rtoqlik o‘yini. 11 oktyabr
"Sog‘diyona" – "Dinamo" – 3:2
Gollar: Shohruh Abdurahmonov 2’, Islоm Qоbilоv 31’, Jaloliddinov 53' – Fraidey 3’, Akbar Abudrasulov 15'.
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Akbar Abudrasulov, Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboyev, Mahmud Mahammadjonov, Ratinho, Dmitriy Pletnyov, Sanjar Qodirqulov, Xislat Xalilov, Fraidey, Behruz Obloqulov.