SofaScore: Eldor Shomurodov “Fiorentina”ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi
FOTO: Getty Images
Italiya A seriyasi
04.05.2025, Yak.
Roma
1
Fiorentina
0
Bugun Italiya A Seriyasining 35-turidan o'rin olgan bahsda “Roma” o'z maydonida “Fiorentina”ni qabul qiladi.
Uchrashuvdan oldin statistikalarga ixtisoslashgan SofaScore nashri rimliklarning taxminiy tarkibini e'lon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bugungi o'yinni ham asosiy tarkibda boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov bundan avvalgi turda, “Inter”ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, yagona golga assistentlik qilgandi (0:1).
Ma'lumot uchun, “Roma” - “Fiorentina” o'rtasidagi bahs bugun, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da “Olimpiko” stadionida start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist