locale OZ

Slot — «Milan» bosh murabbiyi (Tavolieri)

"Rossonerilar" murabbiy bilan kelishuv borasida muzokaralar olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slot — "Milan" bosh murabbiyi (Tavolieri)
ФОТО: Getty images

"Liverpul"ning sobiq ustozi Arne Slot "Milan" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda. "Rossonerilar" murabbiy bilan kelishuv borasida muzokaralar olib bormoqda.

Shuningdek, "Milan" "Barselona"ning sobiq funksioneri Ramon Planesni sport direktori lavozimiga taklif qilish ustida ish olib bormoqda. Kataloniyalik mutaxassis 2024 yildan buyon "Al-Ittihod"da aynan shu lavozimda faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o'tamiz, shanba kuni "Liverpul" Slotning ishdan bo'shatilganini e'lon qilgandi. Niderlandiyalik mutaxassisning shartnomasi yana bir yilga mo'ljallangan edi. Biroq, mavsum yakunlari sarhisob qilingach, klub rahbariyati hamkorlikni to'xtatishga qaror qildi.

"Milan" avvalroq bosh murabbiy Massimiliano Allegrini ishdan bo'shatgan edi. Shuningdek, "rossonerilar" bosh direktor Jorjo Furlani, sport direktori Igli Tare va texnik direktor Jeffri Moncada bilan ham xayrlashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting