Sirojiddin Qoʻziev \"Shoʻrtan\"ni tark etdi
Photo: Shurtan PFk
Gʻuzorning “Shoʻrtan” jamoasi sardori Sirojiddin Qoʻziev faoliyatini Hindistonda davom ettiradigan boʻldi.
Klub murabbiyi Eldor Moyliyev “Qizilqum”ga qarshi oʻyindan soʻng matbuot anjumanida bu xabarni tasdiqladi.
Qoʻziev jamoani tark etib, legionerga aylangan. Moyliyevning soʻzlariga koʻra, futbolchining shartnomasida xorijdan yaxshiroq taklif boʻlsa, qoʻyib yuborish kerakligi borasida maxsus band mavjud boʻlgan.
Birinchi davrada Sirojiddin Qoʻziev "Shoʻrtan" libosida 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor