locale OZ

Simone Inzagi “Barselona”ga qarshi o'yin haqida: “Biz g'alaba qozonishimiz mumkin edi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Simone Inzagi “Barselona”ga qarshi o'yin haqida: “Biz g'alaba qozonishimiz mumkin edi”
FOTO: Getty Images
Chempionlar ligasi
30.04.2025, Yak.
Barselona
3
Inter
3

“Inter” bosh murabbiyi Simone Inzagi “Barselona”ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 3:3 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlandi.

“Biz fantastik o'yin guvohi bo'ldik. Yarim final o'yinlari qiyin ekanini avvaldan yaxshi bilardik. Biz hatto g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Menga bugungi almashtirishlarimizning o'yinga ko'rsatgan ta'siri juda yoqdi.

Muxlislarimiz juda yaxshi bilishadi, biz qiyin damlarda ham borimizni berib harakat qilamiz. Seshanba oqshomi biz uchun finalga teng bo'lishini ham yaxshi bilamiz”, - deydi Inzagi.

Ma'lumot uchun, “Barselona” va “Inter” o'rtasidagi javob o'yini 6-may, seshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv g'olibi PSJ - “Arsenal” juftligi g'olibi bilan finalda to'qnash keladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting