locale OZ

Lamin Yamal “Barselona”da klub rekordini o'rnatdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamal “Barselona”da klub rekordini o'rnatdi
FOTO: Getty Images
Chempionlar ligasi
30.04.2025, Yak.
Barselona
3
Inter
3

“Barselona”ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal kataloniyaliklar safida 100-o'yinini o'tkazdi.

“Ko'k-anorranglilar” Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o'yinida “Inter”ga qarshi bahs olib borib, 3:3 hisobida jangovor durangga imzo chekishdi.

Shu tariqa, Yamal “Barselona” tarkibida 100 ta o'yin o'tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bu natijaga 17 yoshu 291 kunligida erishdi.

Avvalroq bu rekord Gaviga tegishli edi. Ispaniyalik futbolchi o'zining 100-o'yinini 19 yoshu 30 kunligida o'tkazgan edi. Reytingning uchinchi pog'onasini esa 19 yoshu 85 kunlik bilan Boyan Krkich egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, Yamal 2023-yilning aprel oyida “Barselona” safida debyut qilgandi. U 100 ta o'yinda jami 22 ta gol urdi va 33 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, ispaniyalik iqtidor joriy mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting