Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar e'lon qilindi
FOTO: Getty Images
Chempionlar ligasi
30.04.2025, Yak.
Barselona
3
Inter
3
UEFA matbuot xizmati Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarni e'lon qildi.
Unga ko'ra, ushbu sovrin uchun PSJ yarim himoyachisi Vitinya va “Inter” himoyachisi Denzel Dyumfris kurash olib boradi.
Ma'lumot uchun, Vitinya “Arsenal”ga qarshi o'yinda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o'yinni 96,2 foiz uzatmalar aniqligi bilan yakunladi.
Dyumfris esa “Barselona”ga qarshi o'yinda 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist