locale OZ

Shomurodovning ustozi o'zining “Roma”dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shomurodovning ustozi o'zining “Roma”dagi kelajagiga oydinlik kiritdi
FOTO: Getty Images

“Roma” bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri mavsum yakunlanganidan so‘ng qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi haqida ma’lum qildi.

O‘tgan yilning noyabr oyida aytib o‘tilganidek, Ranyeri shartnomasi tugagach, aynan shu klubda ma’muriy lavozimga o‘tadi.

“Men bosh maslahatchi bo‘laman. Klub uchun yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishimni bilaman - nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligini maslahat beraman.

Biroq, yakuniy qarorni klub egasi qabul qiladi. Muxlislar shuni bilishlari kerakki, agar fikrim inobatga olinmasa, faqat shundagina ketaman. Bugun o‘zimni loyihaning markazida his qilyapman,” - deydi mutaxassis.

Shuningdek, rimliklar murabbiyi yangi murabbiy izlash ishlari yakunlanayotganini qo‘shimcha qildi. Biroq, aniq nomzodlarning kimligi aytilmadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting