locale OZ

Shomurodovga A Seriyaning o'zidan xaridor chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shomurodovga A Seriyaning o'zidan xaridor chiqdi
FOTO: Getty Images

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Sport Italia nashrining xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchimizga kelasi mavsum A Seriyada to'p suradigan “Kremoneze” klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, “Roma” Shomurodovni moliyaviy muammolarni tartibga solish maqsadida 30-iyunga qadar sotib yuborishni maqsad qilgan. Hamyurtimizning “bo'rilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.

Ma'lumot uchun, Shomurodov o'tgan mavsum “Roma” safida jami 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting