locale OZ

Shomurodov yaqin vaqt ichida Turkiya klubi bilan shartnoma imzolaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shomurodov yaqin vaqt ichida Turkiya klubi bilan shartnoma imzolaydi
FOTO: Getty Images

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Istanbulning “Bashakshehir” klubi bilan shartnoma imzolash uchun Turkiyaga yetib bordi. Bu haqda jurnalist Yakub Chinor xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Shomurodov ayni paytda Istanbulda bo'lib turibdi. U klub bilan har tomonlama kelishuvga erishgan, yaqin klublarda rasmiy shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Shomurodov o'tgan mavsum “Roma” safida jami 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “bo'rilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilda yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting