locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Shomurodov kelajagi borasida bir qarorga keldi

Futbol 27 iyn 2025 da 07:20
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
Shomurodov kelajagi borasida bir qarorga keldi
FOTO: Getty Images

O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda Gazzette nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, hamyurtimiz faoliyatini A Seriyada davom ettirishga qaror qilgan. Eldor “Kremoneze”ning taklifini qabul qilgan.

Qayd etilishicha, A Seriyaga qaytgan jamoa Shomurodovning transferi uchun 8 million yevro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, futbolchimizga “Kremoneze”dan tashqari Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” va Fransiyaning “Renn” klublari ham qiziqish bildirgandi.

Ma'lumot uchun, Shomurodov o'tgan mavsum “Roma” safida jami 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting