Shomurodov bu ko'rsatkich bo'yicha A Seriyada 3 o'rinda ketmoqda
Фото: Global Look Press
Gap shundaki Eldor A Seriyaga kelganidan buyon liganing eng samarali zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilaridan biri sifatida tanilgan.
29 yoshli hujumchi A Seriyaning 31-turidan o'rin olgan bahsda «Yuventus»ga qarshi o'yinda (1:1) jamoasini mag'lubiyatdan qutqardi.
Tanaffusdan so'ng Eldor o'yinga qo'shildi va 49-daqiqada gol urdi. Uning zarbasi «Roma» uchun qimmatli bir ochkoni ta'minladi.
La Gazzetta dello Sport nashri ma'lumotiga ko'ra, 2020/21 yilgi mavsumdan buyon A Seriyada faqat ikki futbolchi zaxiradan maydonga tushgach Eldordan ko'proq gol urgani:
• Lautaro Martines («Inter») — 16 gol
• Pedro («Latsio») — 11 gol
Shomurodov esa 10 ta gol bilan bu ro'yxatda 3-o'rinni egallab turibdi.
Tillaxonov Oqilxon