locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Shohmalik Komilov: “Xorazm joriy mavsumda yaxshi o‘yin namoyish etib, yetakchi jamoalardan ham ochko olishga intilmoqda”

Futbol 10 may 2025 da 10:15
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Shohmalik Komilov: “Xorazm joriy mavsumda yaxshi o‘yin namoyish etib, yetakchi jamoalardan ham ochko olishga intilmoqda”
Photo: FCNAVBAHOR

O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Xorazm” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochlar”ning 25 yoshli yarim himoyachisi Shohmalik Komilov bo‘layotgan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bo‘layotgan raqibimiz “Xorazm”, garchi uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytgan bo‘lsa-da, joriy mavsumda yaxshi o‘yin namoyish etib, yetakchi jamoalardan ham ochko olishga intilmoqda. Albatta, urganchliklar jamoamizga ham munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qilishadi. Bu esa bo‘layotgan uchrashuvning keskin kurashlar ostida, shiddatli va tomoshabop o‘tishini ta’minlaydi, degan umiddaman. Bir so‘z bilan aytganda, bo‘layotgan o‘yin kurashlarga boy tarzda kechishi ehtimoli yuqori.

Urganchliklar bilan bo‘ladigan bellashuvda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, muxlislarga quvonch ulashish, zafar quchish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.
Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Biz esa ularning ishonchlarini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlari uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz, - deya Shohmalik Komilov so‘zlaridan keltiradi "Navbahor" matbuot xizmati.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting