locale OZ

Shesni \"Barselona\"da qoladi

U shartnomasini ikki yilga uzaytiradi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shesni "Barselona"da qoladi
Photo: Getty Images

Polshalik darvozabon Voytsex Shesni “Barselona” bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, u klub bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Klub darvozabon bilan bitimni uzaytirish masalasida faqat rasmiyatchilik ishlari qolgan.

"Barselona" oktyabr oyida Mark-Andre ter Shtegenning og‘ir jarohatidan ko‘p o‘tmay, Voytsex Shesni bilan shoshilinch ravishda shartnoma imzolagan edi. Shesni o‘shandan beri "ko‘k-anorranglilar" safida 30 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting