locale OZ

Shahzodbek Ubaydullaev «Navbahor» bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qildi

PFL bu haqda xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahzodbek Ubaydullaev «Navbahor» bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qildi
Фото: Навбаҳор ПФК

“Navbahor lochinlari” futbol klubi va futbolchi Shahzodbek Ubaydullaev o‘rtasidagi mehnat shartnomasi futbolchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilingani O‘FA qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.

Futbol klubidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirib berish hamda mehnat shartnomasi futbolchi tomonidan muddatidan oldin bekor qilinganligini tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan Ubaydullaevning arizasi 2025-yil 25-sentabr kuni O‘FA Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Qo‘mitaga taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

- klub va futbolchi o‘rtasida 2024-yil 8-dekabr kuni mehnat shartnomasi tuzilgan;

- mehnat shartnomasining amal qilish muddati 2026-yil 30-noyabr sanasigacha bo‘lgan;

- klubning futbolchi oldida bir necha oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud;

- futbolchi klubga shu yilning 27-avgust kuni “Futbolchilar maqomi va transferi reglamenti”ning 14bis-moddasiga asosan ikki oylik maoshidan ortiq ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lanmaganligi sababli klub o‘z moliyaviy majburiyatlarini to‘liq bajarishi uchun 15 kalendar kuni muddat bergani bo‘yicha murojaat qilgan va unda shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqidan foydalanishi to‘g‘risida klubni ogohlantirgan;

- shu yil 20-sentabr kuni futbolchi klubga takroriy murojaat qilib, belgilangan muddatda qarzdorlik to‘lab berilmagani, endilikda mehnat shartnomasini o‘z tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilganini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi “Futbolchilar maqomi va transferi reglamenti”ning 14bis-moddasi bo‘yicha ketma-ketlikka to‘liq rioya qilgan. O‘zaro muhokamalardan so‘ng, O‘FA Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi “Navbahor lochinlari” futbol klubi va Shahzodbek Ubaydullaev o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi futbolchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilinganini tasdiqladi hamda yuzaga kelgan qarzdorlik bartaraf etilishini ta’minlash yuzasidan futbol klubiga majburiyat yuklash haqida qaror qabul qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting