Shahzod Azmiddinov «Аndijon»ga o'tdi
Photo: Andijan PFK
Yozgi seleksiya jarayonida "Andijon" o‘z tarkibini yangi futbolchi bilan kuchaytirishda davom etmoqda.
“Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi va ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelgan iqtidorli futbolchi Shahzod Azmiddinov endi “Andijon” futbolchisiga aylandi.
Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishdi va futbolchi joriy mavsum oxirigacha “Andijon”da ijara asosida to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Shahzod Azmiddinov 2000-yil 7-avgustda tug‘ilgan. U 2020-yildan beri “Paxtakor”da faoliyat olib borgan va shu vaqtga qadar 98 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist