Sebalos «Barselona» — «Vilyarreal» oʻyini haqida: «Aftidan, ular La Liga ishlariga aralashishyapti»
«Real» yarimhimoyachisi Ispaniya chempionati doirasidagi bahsni AQShni oʻtkazilishiga munosabat bildirdi.
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
18.10.2025, Yak.
Villarreal
2
Betis
2
Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Dani Sebalos Ispaniya La Ligasining 17-turidan oʻrin olgan «Barselona» — «Vilyarreal» uchrashuvining AQShda oʻtkazilishiga munosabat bildirdi.
«Bu haqda yaqindagina qiz doʻstim bilan gaplashdim. Aftidan, ular La Liga ishlariga aralashishyapti», — dedi Sebalos.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong uchrashuvni chet elda oʻtkazish qarorini tanqid qilgan edi.
Maʼlumot uchun, «Barselona» va «Vilyarreal» oʻrtasidagi uchrashuv 21 dekabrdan 22 dekabrga oʻtar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da Mayamidagi «Hard Rock» stadionida boʻlib oʻtadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist