locale OZ

Antoni «Betis»da «MYU»ga qaraganda koʻproq gol urdi

Braziliyalik vinger «Vilyarreal»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antoni «Betis»da «MYU»ga qaraganda koʻproq gol urdi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
18.10.2025, Yak.
Villarreal
2
Betis
2

«Betis»ning 25 yoshli braziliyalik vingeri Antoni Ispaniya La Ligasining 9-turidan oʻrin olgan «Vilyarreal»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Antoni «Betis» tarkibida oʻtkazgan 32 ta oʻyinda 18 ta gol urdi. Avvalroq futbolchi «Manchester Yunayted» safida 96 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ta gol kiritgan.

Braziliyalik vinger «MYU» bilan 2024/2025 yilgi mavsumda Angliya kubogini va 2022/2023 yilgi mavsumda Angliya liga kubogini qoʻlga kiritgan.

Eslatib oʻtamiz, Antoni 2025 yilning sentyabr oyida «Manchester Yunayted»dan «Betis» safiga koʻchib oʻtgandi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting