Sardor Rahmonov «So‘g‘diyona»ni tark etdi
Hozircha futbolchi yangi jamoasi bilan muzokaralarga kirishgan.
Фото: Сўғдиёна ПФК
Tajribali himoyachi Sardor Rahmonov Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini tark etdi.
Sports24.uz xabar berishicha, 31 yoshli futbolchi o‘zaro kelishuv asosida jizzaxliklar bilan shartnomani bekor qilgan. Klub Turkiyaga yo‘l oldi, Rahmonov esa O‘zbekistonda qoldi.
Katta ehtimol bilan u faoliyatini “Bunyodkor” yoki “Lokomotiv”da davom ettirishi mumkin. Hozircha futbolchi yangi jamoasi bilan muzokaralarga kirishgan.
Rahmonov Superliganing o‘tgan mavsumida OKMK va “So‘g‘diyona” safida 21 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist